Moldova prezidenti Mayya Sandu Kiyevga yetib bordi, undan keyin esa Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Ukrainaga tashrif buyurdi. Ukraina poytaxtida ular prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.
“Bizning kun tartibimizda: Moldova va Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash hamda Yevropa Ittifoqining mamlakatlarimizdagi islohotlar va taraqqiyotni yanada qo‘llab-quvvatlashi”, — deb yozdi Sandu X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shu bilan birga, Mishel ham o'zining X mikrobilogida Ukrainaga kelganini e'lon qildi.
"Kiyevda yana do'stlar orasida bo'lish yaxshi", - deb yozdi u.
Eslatib o'tamiz, 8-noyabr kuni Yevrokomissiya Ukraina va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilgan edi. YeI Yevropa kengashini Kiyev va Kishinyov “asosiy chora-tadbirlarni ko‘rishi” bilanoq ushbu muzokaralarning “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashga chaqirdi va 2024-yil mart oyida tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobot e’lon qilishga va’da berdi.
Yevropa Ittifoqining Moldova boʻyicha hisobotida Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyat ham qayd etilgan: hujjatda taʼkidlanganidek, ushbu mojaro Kishinyov uchun “koʻp qiyinchiliklar” tugʻdirayotganiga qaramay, respublika demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21518 | Инструменты