Huawei 1
Myanma BRIKS doirasida kuzatuvchi davlatga aylanishni istaydi

Myanma BRIKS kuzatuvchi davlatiga aylanishni istaydi. Bu haqda mamlakat axborot vaziri Maung Maun ma’lum qildi.

Maun Rossiya bilan munosabatlar haqida ham gapirdi. Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik hamkorlik 76 yildan buyon rivojlanib borayotgani, bu davlatlar bir tomonda va bir yoʻnalishda harakat qilayotganidan dalolat ekanini taʼkidladi.

“Vladimir Putin va yetakchimizning qarashlari oʻxshash, shuning uchun hamkorlikni rivojlantirish davom etadi”, — deya qoʻshimcha qildi u.

15-sentabr kuni Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91823 | Инструменты