Huawei 1
Narendra Modi Ukrainaga tashrifi davomida Hindistonga mojaroda vositachilik qilishni taklif qilmoqchi

Hindistonda bosh vazir Narendra Modining Ukrainaga tashrifi ehtimoli muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi TASS agentligiga Hindiston parlamentidagi manba. Unga ko‘ra, hukumat rahbari Nyu-Dehliga Moskva va Kiyev o‘rtasida vositachilik qilishni taklif etishi mumkin.

“Hindiston Ukraina inqirozini hal qilishda vositachilik taklif qilishi mumkin. Bunday taklif Modining Ukrainaga tashrifi chog‘ida kiritilishi kutilayapti, hozir uning imkoniyati muhokama qilinmoqda”, — dedi Rossiya davlat agentligidagi manba.

TASS suhbatdoshining taʼkidlashicha, Hindiston “Rossiya bilan doʻstona munosabatlar” va “Ukraina bilan yaxshi munosabatlarga ega”. Uning fikricha, Nyu-Dehliga har ikki tomon ham ishonadi. Manbaning qayd etishicha, vositachilik har ikki tomonning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Narendra Modi iyul oyi boshida Moskvada ikki kunlik tashrif bilan bo'lib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Muzokaralar davomida Ukraina masalasi ham muhokama qilingan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tashrifdan noroziligini bildirdi. Hindiston matbuoti xabarlariga ko‘ra, Modi avgust oyida Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты