Nepallik alpinist Pasang Dava 26-marta Everest cho‘qqisiga ko'tarilib hamkasbining rekordini yangiladi

Pa Dava nomi bilan tanilgan alpinist Pasang Dava 26-marta Everest cho‘qqisiga chiqdi va o‘zining hamkasbi Kami Rita o‘rnatgan avvalgi rekordni yangiladi. 46 yoshli Pa Dava 14-may kuni tongda 8 849 metrli  cho‘qqiga chiqdi va bu marraga erishgan dunyodagi ikkinchi odamga aylandi. 

2023-yilda Nepal Everest cho‘qqisiga chiqishga intilayotgan xorijlik alpinistlar uchun rekord darajadagi 467 ta ruxsatnoma ajratdi. Har bir alpinist odatda kamida bitta Sherpa yo'riqchisi bilan birga keladi. Sherpalar qoyalarga ko‘tarilish mahorati bilan mashhur bo‘lib, asosan tog‘larda xorijlik sayyohlarga hamrohlik qilib kun kechiradi.

O‘tgan yili 53 yoshli nepallik alpinist Kami Rita dunyoning eng baland tog‘iga 26-marta muvaffaqiyatli ko‘tarilib, o‘z rekordini yangiladi. U bu mavsumda ham cho‘qqini zabt etishni rejalashtirgan.

Bu yilgi Everest cho‘qqisiga bahorgi ko‘tarilish kechikish bilan boshlandi, chunki nepallik uchta Sherpa yo‘lboshchisi qor ko‘chkisi ostida chuqur yoriqga tushib ketganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan edi.

Himoloy ma'lumotlar bazasi va Nepal rasmiylariga ko'ra, Everest 1953-yilda ser Edmund Gillari va Sherpa Tenzing Norgay tomonidan birinchi marta zabt etilgan. O'shandan beri alpinistlar u yerga 11 ming martadan ko'proq ko'tarilgan. Bunday urinishlar paytida 320 ga yaqin odam halok bo'lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты