Huawei 1
Netanyaxu Isroil mudofaa vazirini ishdan oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni iste’foga chiqardi. Bu haqda Isroil bosh vazirining idorasi ma’lum qildi.

Netanyaxuga ko‘ra, u va Galant o‘rtasida urushlarga qarshi kurash masalasida juda ko‘p kelishmovchiliklar mavjud.

Oktyabr oyi oxirida Galant Netanyaxu va Milliy xavfsizlik kabineti vazirlariga maktub yo‘llab, unda Isroilning urushdan ko‘zlagan maqsadlari yangilanishi kerakligini aytgan.

Galantning o‘rniga Netanyaxu tashqi ishlar vaziri Isroil Katsni tayinlashga qaror qilgan.

“Afsuski, urushning dastlabki oylarida o‘zaro ishonch mavjud bo‘lib, juda samarali ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, so‘nggi oylarda men va mudofaa vaziri o‘rtasidagi ishonch barbod bo‘ldi”, deydi Netanyaxu.

Uning qayd etishicha, mazkur qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga ko‘p marta harakat qilgan, lekin natija bo‘lmagan.

“Nizolar ommaga ham nomaqbul tarzda ma’lum bo‘ldi va eng yomoni, ular dushmanlarimizgacha yetib bordi”, deya qo‘shimcha qilgan Isroil bosh vaziri.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110613 | Инструменты