Huawei 1
Niger isyonchilari mamlakat yangi bosh vazirini tayinladi

Nigerdagi isyonchilar Ali Mahamane Lamin Zeynni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinladi.

Bu bo’yicha, tegishli qaror 7-avgust, dushanba kuni putchistlarning hukmron organi - Vatanni qutqarish milliy kengashi tomonidan qabul qilindi.

2002-2010-yillarda 58 yoshli iqtisodchi Ali Mahaman Lamin Zeyna mamlakat moliya vaziri lavozimida ishlagan.

Avvalroq Nigerda hokimiyatni qo’lga olgan harbiylar xorijiy intervensiya tahdidi munosabati bilan mamlakat havo hududi yopilganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o’tamiz, Nigerda davlat to’ntarishi 27-iyulda boshlangan. General-polkovnik Abdurahmon Tchiani boshchiligidagi bir guruh harbiylar prezident Bazumni hokimiyatdan chetlatishdi. G’arbiy Afrika Iqtisodiy Hamjamiyati (ECOWAS) rahbarlari Nigerga qarshi zudlik bilan sanksiyalar kiritdi va ushbu davlat bilan barcha iqtisodiy va moliyaviy operatsiyalarni to’xtatdi.   

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51108 | Инструменты