Huawei 1
Nigeriyada “Boko Haram” uyushmasining 125 nafar terrorchilari va homiysiga hukm chiqarildi

Nigeriyada 125 nafar terrorist va terror tashkiloti “Boko Haram” homiysiga hukm chiqarildi.

Nigeriya Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Kamardin Ogundelening ma'lum qilishicha, hukm mamlakatda jinoiy tashkilot hamkorlariga qarshi yangilangan ommaviy sud jarayoni doirasida chiqarilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, 125 kishi “terrorizm, terrorizmni moliyalashtirish, terrorchilarga moddiy yordam koʻrsatish” hamda Xalqaro jinoiy sud tomonidan koʻrib chiqilgan hujjatlar boʻyicha aybdor deb topilgan.

Nigeriya Federal Oliy sudi 24-iyul kuni “Boko Haram”ning 300 nafar a’zosi ustidan ommaviy sud jarayonini davom ettirdi. Nigeriya hukumati avvalroq mamlakat shimoli-sharqida qo‘lga olingan “Boko Haram”ning 5000 a’zosi sudga tortilishi haqida xabar bergan edi. Qo‘lga olingan terrorchilar guruhlar bo‘lib sudlanadi.

Ma'lumot o'rnida, 2009-yildan beri Nigeriyada “Boko Haram” guruhining yirik teraktlari natijasida 20 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Terror tashkiloti 2015-yildan beri Kamerun, Chad va Nigerning chegara hududlarida hujumlar uyushtirmoqda. Chad ko'li havzasidagi hujumlar natijasida kamida 2 ming kishi halok bo'ldi. “Boko-Haram” hujumlari har yili yuz minglab odamlarni o'z uylarini tashlab ketishga majbur qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты