Nigeriya markazidagi Plato shtatida ikki qavatli maktab binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi. Bu haqda Nigeriya favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligiga (NEMA) asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Jami 154 kishi vayronalar ostida qolib ketgan, halok bo‘lganlardan tashqari barchalari qutqarib, kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lum qilinishicha, qutqaruv ishlari yakunlangan va vayronalar hududi tozalangan. Shtat shimolidagi Jos mintaqasidagi Busa-Buji jamoasidagi Sankt Akademiyasiga tegishli ikki qavatli bino dars paytida qulab tushdi.
Afrikaning eng zich joylashgan mamlakatida xavfsizlik qoidalarining yomonligi va ko'pincha sifatsiz qurilish materiallari tufayli binolarning qulashi tez-tez uchraydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты