Huawei 1
Nigeriyada suv toshqinlari yuzlab mahbuslarning qochishiga yordam berdi

Nigeriya shimoli-sharqida Mayduguri shahridagi qamoqxonadan 281 mahbus qochib ketdi. Muassasa rahbariyatining 15 sentabr, yakshanba kuni ma’lum qilishicha, mahbuslar qochishiga kuchli yomg‘ir tufayli to‘g‘on buzilishi natijasida yuzaga kelgan yirik suv toshqini yordam bergan.

Qamoqxona matbuot kotibi Umar Abubakarning so‘zlariga ko‘ra, kuchli suv oqimi tufayli qamoqxona devorlaridan biri qulaganidan keyin mahbuslar, jumladan, «Boko Haram» guruhi a’zolari qochishga muvaffaq bo‘lgan. Abubakarning so‘zlariga ko‘ra, qochoqlar bir qismi allaqachon qo‘lga olingan. Qolgan qochqinlarning shaxsi oshkor qilingan, ularni qidirish davom etmoqda.

Afrikadagi suv toshqinlari

G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi kuchli suv toshqinlari o‘n minglab binolarning vayron bo‘lishiga olib keldi. NEMA tabiiy ofatlar bilan kurashish agentligi so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Nigeriyada bir necha hafta davom etgan suv toshqinlari 386 ming kishining evakuatsiya qilinishiga va 229 nigeriyalikning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты