NYT: Zelenskiyning Qrim haqidagi izohlaridan keyin Rubio Londonga safarini bekor qildi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan London safari rejasini bekor qildi. Bu qaror Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrimni Rossiyaniki deb tan olishdan bosh tortgani haqidagi bayonotidan so‘ng qabul qilindi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Britaniya poytaxtida muzokaralar bugun, 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. AQSh nomidan muzokaralarda Ukraina bo‘yicha maxsus vakil Kit Kellog ishtirok etadi. Davlat departamenti vakili Temmi Bryus janob Rubioning qarorini uning band ish jadvali bilan izohladi. 

“Bu faqat uning jadvalidagi texnik muammolar bilan bog‘liq,” — dedi matbuot kotibasi.

The Wall Street Journalning yozishicha, Parijda Yevropa va AQSh amaldorlari bilan o‘tgan muzokaralarda Ukrainaga AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik taklifi topshirilgan. Bu taklif Rossiya uchun muhim bo‘lgan ikki shartni o‘z ichiga oladi: Qrimni Rossiyaniki deb tan olish va NATOga a’zolikdan voz kechish. Prezident Zelenskiy esa, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirgach, Rossiya bilan muzokaralarga ochiqligini bildirgan, biroq “Ukraina Qrim bosib olinganini huquqiy jihatdan tan olmaydi,” deya ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22213 | Инструменты