O‘sh—Botken avtomobil yo‘lida ko‘prik qulab tushdi

30-iyun kuni O‘sh viloyatining Nookat tumani, Ko‘k-Jar qishlog‘i hududidagi ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, O‘sh-Razzoqov avtomobil yo‘lining 63-kilometrida Nayman ko‘prigi sel oqimi tufayli qulab tushgan. 

Ko‘prikning qulashi sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 

Voqea joyida restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70312 | Инструменты