“Beril” to‘foni Meksika qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda

Beshinchi toifali “Beril” to‘foni 4 iyul kuni Yukatan yarimorolining Meksika qirg‘oqlariga yetib boradi. Bu haqda mamlakat milliy meteorologiya xizmati bayonot berdi.

Meteorologlar 4-iyuldan boshlab “Beril” havo massasi Yukatan yarimorolida mahalliy darajada kuchli yog‘ingarchilik, shamol va baland to‘lqinlarni keltirib chiqarishi kutilayotganini maʼlum qilgan.

Meksika prezidenti aholini tegishli xizmatlarning ogohlantirishlarini diqqat bilan kuzatishga va ularning tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70520 | Инструменты