Huawei 1
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda yashashni xohlamaganlar Ukrainaga qarshi jang qilmoqda – Aleksandr Bastrikin

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin ba’zi sabablarga ko‘ra, O‘zbekistonda, Tojikistonda va Qirg‘izistonda yashashni xohlamagan 20 mingdan ortiq fuqaro Ukraina maxsus operatsiyasi tarkibida frontda jang qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi raisi Sankt-Peterburgdagi xalqaro huquq forumida so‘z ochdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘z chiqishi davomida u migrantlar va ularning jinoyatchiligi haqida bir nechta asosiy masalalarni ko‘targan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida migrantlar Rossiyada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foiz ko‘proq jinoyat sodir etgan. 2024 yilda esa Rossiyada migrantlar jinoyatchiligi deyarli 1 foizga kamaygan.

Qolaversa, 2024 yilda Rossiya Tergov qo‘mitasi migratsiya sohasidagi mansabdor shaxslarning jinoyatlari bo‘yicha 918 ta jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Bastrikin migratsiya muhiti radikalizatsiyasi haqida gapirgan va ko‘plab migrantlar Rossiya jamiyatiga integratsiyalashishni xohlamayotganini ta’kidlagan. U barcha migrantlar uchun majburiy biometrik ro‘yxatga olishni joriy etishni taklif qilgan.

Shuningdek, u migrantlarning oila a’zolari Rossiyada yashashiga qarshi chiqqan va migrantlar uchun uy-joy, tibbiy sug‘urta va tibbiy xizmatlar ish beruvchilar tomonidan ta’minlanishi kerakligini ta’kidlagan.

O‘z nutqi davomida Bastrikin migratsiya jarayonlarini nazorat qilishning muhimligini ta’kidlab, Tergov qo‘mitasi bu yo‘nalishda ish olib borayotgani va migrantlar siyosatini kuchaytirishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71505 | Инструменты