Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, bu “Gazpromavia”ning Falcon 10B (RA-09011) samolyoti bo‘lib, Hindistonning Gaya shahridan Toshkentga uchayotgan bo‘lgan.
Biznes-djet ekipaji Gaya (Hindiston) – Toshkent (yoqilg‘i quyish) – Jukovskiy (Moskva) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan edi. Tojikistonning Ko‘lob aeroportiga yaqinlashganda radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Ekipaj 19:05 da favqulodda yoqilg‘i qolgani va Ko‘lob aerodromiga qo‘nishga qaror qilingani haqida xabar bergan. Keyinchalik, bitta, keyin esa ikkinchi dvigatelning ishdan chiqqani aytilgan. Samolyot bortida 8 kishi — 4 yo‘lovchi va 4 ekipaj aʼzosi bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42104 | Инструменты