Huawei 1
OAV: HAMAS sulh doirasida 34 isroillikni ozod qilishga rozi bo‘ldi

Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichi doirasida Isroil tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatdagi 34 nafar garovdagilarni ozod qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda tashkilotdagi manbaga tayanib, “Asharq” telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Isroil tomonidan taqdim etilgan va HAMAS tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat so‘nggi muzokaralar davomida kelishilgan mezonlarga muvofiq bo‘lgan. Qayd etilishicha, harakat ushbu garovdagilarni ozod qilishga rozi bo‘lgan, ammo ularning tirik yoki yo‘qligini aniqlash uchun taxminan bir hafta vaqt kerak bo‘ladi.

Kecha, 5 yanvar kuni Reuters ham HAMAS vakiliga tayanib, harakat G‘azo sektori bo‘yicha kelishuv doirasida ozod qilishga tayyor bo‘lgan 34 nafar garovdagi shaxsning ismlari kiritilgan ro‘yxatni tasdiqlaganini xabar qildi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil noyabr oyining oxirida Misr va Qatar vositachiligida G‘azo sektorida bir haftalik gumanitar sulh o‘rnatilgan edi. Shu vaqt ichida Isroil ma’lumotiga ko‘ra, 110 nafar garovdagi shaxs ozod qilingan. Ammo shu yilning 1 dekabr kuni o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilib, Falastin anklavida jangovar harakatlar qayta boshlandi. 2024 yilda Misr, Qatar va AQSh ishtirokida o‘tkazilgan bir necha muzokaralar davomida tomonlar kelishuv parametrlarini muhokama qilishda kelishuvga erisha olmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10803 | Инструменты