OAV: Makron xavfsizlik nuqtai nazaridan Ukrainaga safarini qoldirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 13-14-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Ukrainadagi tashrifini qoldirdi. Bu haqda Yelisey saroyidagi manbaga tayanib, Challenges jurnali xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Fransiya rahbari ma’muriyati safarning keyinga qoldirilganini xavfsizlik nuqtai nazaridan izohlamoqda.

Ta’kidlanishicha, safarning bekor qilinishi “ukrainalik diplomatlarda savollar tug‘dirdi”, ular “bu qarordan hayratda qolishdi”.

Shuningdek, Fransiya tadbirkorlar harakati delegatsiyasi ham Kiyevga safarini bekor qildi.

Makronning Ukrainaga safari uchun yangi sana hali aniqlanmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты