Krasnodardagi harbiy komendaturadan yetti nafar askar qochishga muvaffaq bo‘ldi va ulardan to‘rt nafari tez orada qo‘lga olindi, deb yozadi Rossiya Telegram kanallari. Rossiya Ichki ishlar vazirligi ushbu ma'lumotni tekshirayotganini ma'lum qildi.
18-aprel, juma kuni kechqurun Rossiyaning Baza va “Ogoh bo‘ling, yangiliklar” Telergam kanallari avvalroq o‘z bo‘linmasini ruxsatsiz tark etganlikda ayblangan 100 ga yaqin harbiy xizmatchi Krasnodardagi harbiy komendaturadan qochishga uringanini xabar qildi. OAV maʼlumotlariga koʻra, bu askarlar “maxsus oʻralgan hudud”da saqlanayotgan boʻlsa-da, ular panjarani buzib, komendaturaning asosiy hududiga kirib ketishgan.
Keyinroq Bazaning aniqlik kiritishicha, yetti nafar askar harbiy qismni tark etishga muvaffaq bo‘lgan va ulardan to‘rt nafari tez orada qo‘lga olingan. “Krasnodar va o‘lka” telegram-kanalida qochib ketgan uch shaxsning tavsifi e’lon qilindi, ular hali ham qidirilmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, ular qurolsiz.
3-Trudovaya ko‘chasida transport harakati to‘xtatildi, u “har tomondan to‘sib qo‘yilgan”, xavfsizlik kuchlari barcha mashinalarni tekshirmoqda, deb xabar beradi “RBK”.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Krasnodarda harbiy xizmatchilarning qochib ketishi ehtimoli haqidagi ma'lumot tekshirilayotganini ma'lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты