Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer moliya vazirligi rahbari lavozimiga kansler Olaf Sholsning maslahatchisi Yorg Kukisni tayinladi. Bu haqda Die Welt telekanali xabar berdi.
“U Yorg Kukisga moliya vaziri lavozimiga ishonch yorliqlarini topshirdi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Bundan oldin Shtaynmayer Germaniya moliya vaziri Kristian Lindnerni ishdan bo‘shatgan edi. Adliya vaziri Marko Bushman va Ta'lim va tadqiqot vaziri Bettina Stark-Vatsinger ham o'z lavozimlarini yo'qotdilar. Uchalasi ham Ozod Demokratik partiya vakili. Shtaynmayer, shuningdek, agar deputatlar kansler Olaf Sholsga ishonishdan bosh tortsa, Bundestagni tarqatib yuborishga va Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
2025-yil boshida Germaniya kansleri Olaf Shols hukumatga ishonch votumi masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda, buning natijasida kelasi yilning mart oyi oxirigacha muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110813 | Инструменты