Huawei 1
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya

Ekologik partiya Toshkent shahri havosining kuz-qish oylarida ko‘proq ifloslanayotgani muammosiga nimalar sabab bo‘layotgani haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, yirik shaharlarda atmosfera havosining yomonlashuviga zararli tashlamalar, turg‘un manbalar va transport vositalari ko‘proq sabab bo‘ladi. Partiya iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga bo‘lgan talabi ortishi sabab uglevodorodlardan, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishning oshishi kuzatilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Ekopartiya ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yurityapti. Ularning 60 foizi ko‘mirdan, ba’zan esa rezina shinalar va boshqa yonuvchi vositalardan foydalanyapti. Shahar havosining yomonlashuvida issiqxonalarning ta’siri ko‘p.

Shuningdek, partiya havoning ifloslanishiga ko‘p sanoat korxonalarida uskunalarning ma’nan eskirgani va aksariyat korxonalar zamonaviy filtrlar o‘rnatmayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Ekopartiya atmosfera havosi ifloslanishiga oid har qanday holatdan xavotirda ekanini bildirgan. Ekovazirlik va Bosh prokuraturadan tezkor choralar ko‘rishni so‘rab, deputatlik so‘rovi kiritishini ma’lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110815 | Инструменты