Huawei 1
Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda

Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 6-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa iqtisodiyoti kunlari doirasida energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov maʼlum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Jahon banki va boshqa institutlar bilan birgalikda ushbu platforma ustida ishlamoqda.

"Bir necha yil ichida bizda tarmoqni muvozanatlashda yordam beradigan bozor bo‘ladi. Tojikiston va Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlar muhim gidroenergetika resurslariga ega bo‘lib, bu bizning qayta tiklanadigan energiya manbalarini uzluksiz ishlab chiqarishimizga to‘liq mos keladi", — dedi u.

Energetika vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida salmoqli yutuqlarga erishganini, biroq hozirda mamlakatda infratuzilma sohasida investorlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. 

"Infratuzilma shamol va quyosh kabi uzluksiz energiya manbalarini integratsiya qilish uchun juda muhim va ko‘plab mamlakatlar bu muammoga duch kelmoqda. Bizga kamida 5000 km elektr uzatish liniyalari, jumladan, 500 kV va 200 kV yuqori kuchlanishli liniyalar va podstansiyalar kerak", — dedi Umid Mamadaminov.

Kelgusi ikki yil ichida kamida 2000 km elektr uzatish liniyalarini qurish kerak.

"Bu yerda mexanizm yaratish uchun xalqaro moliya institutlarining yordami kerak bo‘ladi. Qonunga ko‘ra, hukumat elektr uzatish liniyalari kabi aktivlarga ega bo‘lishi kerak. Biroq boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llangan model mavjud. Xususiy kompaniyalar kelib, investitsiya qilishlari mumkin, masalan, huquqlarni [boshqarishga] o‘tkazish bilan ijaraga berish yoki EPC+ orqali; ushbu sxemalarning har biri hukumatga infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilishni soddalashtirishga yordam beradi", — dedi Energetika vazirligi rahbari o‘rinbosari.

Umid Mamadaminovning taʼkidlashicha, avtomatlashtirish qayta tiklanadigan energiya manbalarini elektr tarmog‘iga integratsiyalashning asosiy muammosi hisoblanadi, chunki usiz tizimni nazorat qilib bo‘lmaydi.

"Ushbu avtomatlashtirish ilg‘or prognozlash tizimlari bilan birlashtirilishi kerak. Qachon bulut paydo bo‘lishini va quyosh generatsiyasining keskin pasayishini hech qachon bilmaysiz, bu esa har qanday davlat uchun qiyinchilik tug‘diradi", — dedi u.

Yana bir jihat — zaxira quvvati. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qayta tiklanadigan manbalarni tarmoqqa integratsiya qilish uchun qayta tiklanadigan manbalar quvvatining kamida 80% zaxira quvvatiga ega bo‘lish kerak.

"Biz allaqachon umumiy quvvati 400 MVt dan yuqori bo‘lgan 2000 MVt dan ortiq energiya saqlash tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha shartnomalar imzolaganmiz, chunki ularning har biri ikki davrli tarmoq. Kelgusi ikki yil ichida biz kamida 4000 MVt bazaviy quvvatga ega bo‘lamiz. Bu haqiqatan ham quyosh energiyasi ishlab chiqarishdagi tebranishlarga tezda javob berishga yordam beradi", — dedi vazir o‘rinbosari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110815 | Инструменты