Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Kunduz kunlari havo harorati +8…+13, ba’zi joylarda +15 darajagacha, kechalari 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda juma kuni kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ho‘l qor) bo‘lishi mumkin.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 0…+3, kunduz kunlari +10…+13 daraja bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110815 | Инструменты