Olimlar Marsning eng katta interaktiv 3D xaritasini yaratdi

Olimlar har bir piksel uchun 5 metr masshtabda yaratilgan Marsning eng katta uch o’lchamli tasvirini taqdim etdi. U jamoat mulki hisoblanadi va har kim uni ushbu havola orqali o'tib, ko’rishi mumkin.

5,7 trillion pikseldan (5,7 terapiksel) tashkil topgan mozaik tasvir Kaliforniya texnologiya instituti Bryus Myurrey sayyoraviy tasvirlash laboratoriyasida MRO sayyoralararo stansiya kamerasi tomonidan olingan 110 000 ta individual tasvirlarni birlashtirish orqali yaratilgan. Natijada 5,7 trillion pikselli hosil bo'lgan. Xarita brauzerda sichqoncha yordamida oson boshqariladi va uni kattalashtirish yoki uzoqlashtirish mumikin.

Bundan tashqari, ekranning pastki qismida Marsdagi ekspeditsiyalarning faoliyat yuritayotgan qismiga hamda sayyoraning Mariner vodiysi yoki Olimp tog’i kabi diqqatga sazovor joylariga tezkor bilan o'tish uchun menyu yaratilgan.

Shu bilan birga, xaritada sayyoraning barcha qismlari yoritilmagan, ba'zi joylarda bo'shliqlar, bulutlar va changlar bilan qoplangan tasvirlar mavjud.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60320 | Инструменты