Huawei 2
Olimlar miya faoliyatini yaxshilashning yangi usulini topdi

Olimlar miya faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotda 60 yoshdan oshgan 36 juft egizak ishtirok etdi, ular 12 hafta davomida plasebo yoki ozuqa qo‘shimchalarini iste’mol qilishdi. 

Shu bilan birga, barcha ko‘ngillilar jismoniy mashqlarni bajarishdi va mushaklar faoliyatini yaxshilash uchun oqsil qo‘shimchalarini qabul qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tola qo‘shimchasi ishtirokchilarning ichak mikrobiomasi tarkibida sezilarli o‘zgarishlarga, xususan, bifidobakteriyalar kabi foydali bakteriyalar sonining ko‘payishiga olib keldi.

Guruhlar o‘rtasida mushak kuchida sezilarli farq bo‘lmasa-da, tolali qo‘shimchani olgan guruh miyaning kognitiv funksiyasini baholash testlarida, shuningdek, reaksiya vaqti va ma’lumotlarni qayta ishlash testlarida yaxshiroq natija ko‘rsatdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga