Huawei 1
Olimlar uyqusizlik va fitna nazariyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

Nottingem universiteti psixologlari uyqusida muammolari bo‘lgan odamlarni Yerning yassi ekani yoki Oyga parvozlar soxtalashtirilgani haqidagi fikrlarga osonroq ishontirish mumkinligini aniqladi. Tabiiyki, normal uxlaydigan va yetarlicha dam oladigan odamlar orasida fitna nazariyalariga ishonuvchilar kamroq. Tadqiqot natijalari Journal of Health Psychology nashrida e’lon qilindi.

Tadqiqot ikki bosqichda o‘tkazilgan. Birinchisida 540 nafar ishtirokchi uyqu to‘g‘risidagi savollarga javob qaytargan. Keyin esa ularning bir qismi Parijdagi Notr-Dam soborida yuz bergan yong‘in to‘g‘risidagi maqolani, shuningdek, yong‘in sabablarini qasddan yashirishga bo‘lgan urinishlarga oid izohlarni o‘qigan. Qolgan qismi bo‘lsa, faktlar va yong‘in tasodifan kelib chiqqaniga oid hisobotni o‘qigan. Natijada, uyqusida muammosi bor odamlarning aksariyati konspirologik versiyaga qo‘shilgan.

Ikkinchi bosqichda 575 kishi ishtirok etgan va uning natijasi uyqusi yaxshi bo‘lmagan odamlar fitna nazariyasini faol qo‘llab-quvvatlashga moyil ekani aniqlangan.

Tadqiqotning yetakchi muallifi hisoblanuvchi psixologiya kafedrasi dotsenti Deniyel Jollining ta’kidlashicha, «yaxshi uxlamaslik natijasida depressiya, tashvish va paranoyyaning rivojlanish xavfi oshadi — bular esa konspirologik nazariyalarga ishonchni oshiradigan omillardir.

Jollining so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot uyqu sifatini yaxshilash fitna nazariyalariga moyillikning oldini oluvchi omil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31513 | Инструменты