Oq uy Kongressdan Isroilga tank snaryadlarini sotishga ruxsat so‘radi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Kongressdan Isroilning Merkava tanklari uchun 45 mingta snaryad sotishga ruxsat so'radi. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi. Agentlik suhbatdoshlarining ta'kidlashicha, qiymati 500 million dollardan ortiq bo'lgan snaryadlar sotilishi oktabr oyida AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan so'ralgan Ukraina va Isroil uchun mablag'ning bir qismi hisoblanmaydi.

Manbalarga ko'ra, snaryadlarni sotish bo'yicha so'rov Senatning tashqi aloqalar qo'mitasi va Vakillar palatasining tashqi ishlar qo'mitasi tomonidan norasmiy tarzda ko'rib chiqilmoqda.

Davlat departamenti bitimni tezda tasdiqlashni talab qilmoqda; qo'mitalar so'rovni 20 kun ichida ko'rib chiqishi kerak, dedi agentlikka ijroiya organining sobiq xodimi Josh Pol. Qayd etilishicha, AQSh prezidenti ma'muriyati qurol eksportini nazorat qilish to'g'risidagi qonunga asoslanib, ba'zi o'q-dorilar - 45 ming snaryaddan 13 mingtasi qo'mitalarni chetlab o'tishga erishish imkoniyatini ham ko'rib chiqmoqda.

Aytib o'tish lozimki, Ukraina va Isroilga yordam uchun mablag‘ ajratish AQShning 17-noyabrda tasdiqlangan vaqtinchalik byudjetidan alohida ko‘rib chiqilmoqda. Oq uy ushbu maqsadlar uchun 106 milliard dollar ajratishni taklif qildi. Ammo hozircha mablag‘ o‘tkazish bo‘yicha kelishib olinmadi. Respublikachilar xorijiy davlatlarga yordam paketlarini qattiqroq immigratsiya qonunlari bilan bog‘lashni talab qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты