Pashinyanning vertolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan vertolyoti Vanadzor shahridagi stadionga favqulodda qo'nishni amalga oshirdi. Ushbu holatdan keyin Pashinyan ahvoli yaxshi ekanini aytdi.

"Hammasi yaxshi, yomon ob-havo tufayli vertolyotimiz Vanadzorga qo'ndi", - deya ta'kidladi u. U aniq qayerga ketayotganini aytmadi.

Manbalarning xabar berishicha, Pashinyan Yerevandan 152 km shimolda joylashgan Gruziya bilan chegaradagi Tashir shahriga yo‘l olgan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, Armaniston bosh vaziri yaqinda Armaniston-Ozarbayjon chegarasi delimitatsiya qilingan Ozarbayjon bilan chegaradagi Baganis qishlogʻiga yoʻl olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты