Yevroosiyo xalqaro universiteti rektori rektori Klimenko rasman Pavel Durovni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi
Yevroosiyo xalqaro universiteti rektori Konstantin Klimenko Telegram asoschisi Pavel Durovga Nobel mukofotini berish bo‘yicha Nobel qo‘mitasiga rasmiy taklif yuborganini ma’lum qildi.
“Menimcha, Durov Nobel mukofotiga loyiq. Shuning uchun men Nobel qo‘mitasiga Pavel Durovga Nobel mukofotini berish bo‘yicha rasmiy taklif yubordim. Bu g‘oyani Osiyo va Afrika davlatlarining qator universitetlari va jamoat tashkilotlari vakillari allaqachon qo‘llab-quvvatlagan”, — deb yozadi Klimenko.
U Durovni Dubay BRICS sarmoyaviy forumiga ma’ruzachi sifatida taklif qilganini qo‘shimcha qildi. Klimenkoning ta’kidlashicha, agar tadbirkor Fransiyada hibsda qolishda davom etsa, unga forumda masofadan turib qatnashish imkoniyati beriladi.
Durov 24-avgust kuni kechqurun Fransiyaning Le-Burje aeroportida shaxsiy samolyotdan tushayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Tadbirkor mamlakatga Ozarbayjondan kelgan.
Fransiya politsiyasining Reuters agentligiga aytishicha, tadbirkor Telegram’da kiber va moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblangan. Ularning qo‘shimcha qilishicha, Durov milliy kiberjinoyatchilik va firibgarlik departamentlari tomonidan tergov qilinmoqda.
Prokuraturaning aniqlik kiritishicha, Durov 12 ta jinoyatda ayblanayotgan “ismi oshkor etilmagan shaxs” ga nisbatan tergov doirasida so‘roq qilinmoqda. Ish 8-iyul kuni ochilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42820 | Инструменты