Huawei 1
Pentagon Ukrainada qurol ishlab chiqarish uchun 6 milliard dollarlik shartnomalar tayyorlamoqda - Politico

Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishning yangi paketi doirasida AQSh mamlakatdagi korxonalari bilan 6 milliard dollargacha qurol va jihozlar ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Politico. Nashrning yozishicha, shartnomalar bugun, 26-aprel kuni tasdiqlanishi va e’lon qilinishi mumkin.

Ta'minotlar orasida Patriot va NASAMS havo mudofaa tizimlari uchun o'q-dorilar, artilleriya o'q-dorilari, dronlar va ularga qarshi qo'llanuvchi samolyotlar, shuningdek, "havo-havo" raketalari bo'lishi kutilmoqda. Biroq aniqlik kiritilishicha, bu qurollarni yetkazib berish bir necha yil davom etadi, chunki ularni ishlab chiqarish uchun juda uzoq vaqt kerak bo'ladi. 

Pentagon gazeta nashriga izoh berar ekan, departament Ukrainaga xavfsizlik boʻyicha yordam koʻrsatish haqida hech narsa demasligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, 24-aprel kuni AQSh Senati Ukrainaga yordam uchun 61 milliard dollar ajratishni ma’qullagan edi. Shu kuni ushbu qonun loyihasini Amerika prezidenti Jo Bayden imzoladi. Pentagon aniqlik kiritganidek, qurollarning bir qismi yaqin kunlarda Polshadan Ukrainaga yetkaziladi. Kreml Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi raketalarni yetkazib berish tufayli Rossiya “sanitariya zonasi”ni kengaytirishini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga