Huawei 1
Pokiston-Afg‘oniston chegarasida to‘qnashuvlar bo‘ldi

Afg‘onistonning Hilmand viloyatidagi Pokiston-Afg‘oniston chegarasida Pokiston qo‘shinlari va “Tolibon” muvaqqat hukumati kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bo‘ldi. Bu haqda “Al-Arabiya” xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar Pokiston tomonida yangi nazorat punktlari qurilishi chog‘ida yuz bergan. Hilmand Pokistonning Balujiston viloyati bilan chegaradosh.

Ayni vaqtda Pokistonning Geo TV telekanali Pokiston Xizmatlararo jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi (ISPR)ga tayanib xabar berishicha, 28 may kuni Balujistonda o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida Islomobod terrorchilar deb ataydigan “Hind Fitna al-Hindustan” guruhining besh nafar a’zosi yo‘q qilingan. Loralay tumanidagi “kuchli otishmalar”dan so‘ng to‘rt nafar “Hindiston homiyligidagi terrorchi” yo‘q qilingan. ISPR ma’lumotlariga ko‘ra, ular Rarashama qishlog‘i yaqinidagi N-70 trassasida 30 kishining hayotiga zomin bo‘lgan ikkita teraktda ishtirok etgan. Qurbonlar yonidan qurol, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar topilgan.

“Kech tumanida yana bir terrorchi yo‘q qilindi”, deyiladi maqolada.

Nashrning ta’kidlashicha, 2021 yilda Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilganidan so‘ng “Tolibon”ning Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelishi bilan Pokistonning chegaradosh viloyatlarida teraktlar soni keskin oshgan.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara 1893 yildagi Durand chizig‘i asosida o‘rnatilgan 2600 kilometrdan ortiq bo‘lib, Afg‘oniston Amirligi va Britaniya Hindistoni o‘rtasidagi delimitatsiya kelishuvi natijasida yuzaga kelgan. Afg‘oniston hukumati 1947 yilda Britaniya Hindistoni parchalanib, Pokiston tashkil topganidan keyin uni tan olishni to‘xtatdi, bu pozitsiya “Tolibon” tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60104 | Инструменты