Huawei 1
Pokistonda maktab avtobusiga qilingan hujum oqibatida ikki bola halok bo‘ldi

Pokistonning Panjob viloyatidagi Attok tumanidagi Deri Kot hududida maktab avtobusiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida ikki bola halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi.

Xabarlarga ko‘ra, hodisa hujumchilarning maktab avtobusi haydovchisiga nisbatan shaxsiy dushmanligi tufayli sodir bo‘lgan. Haydovchi olgan jarohatlariga qaramay tirik qolgan. 

Politsiya va tuman hokimligi jinoyat joyidan qochib ketgan hujumchilarni qidirish bilan band.

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy hujumni qoralab, aybdorlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rishni buyurdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты