Pokistonda mahalliy muhandislar Tesla Cybertruck avtomobilining nusxasini yasab chiqdi. Bu haqda carscoops.com xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil noma’lum pikap asosiga qurilgan. Mashinani yasash uchun 3 million Pokiston rupiyasi (10,7 ming dollar) sarflangan. AQShda asl Tesla Cybertruck narxlari 70 ming dollardan boshlanadi.
Tesla Cybertruck’ning pokistoncha varianti asl nusxasiga qaraganda ancha kichik: kaltaroq, sezilarli darajada pastroq va torroq. Avtomobilga qanday dvigatel o‘rnatilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Bundan oldin, braziliyalik stomatolog Xose Sikeyra mahalliy chiqindixonalardan topgan ehtiyot qismlaridan Ferrari F40ʼning nusxasini yig‘gani ma’lum bo‘lgandi.
Erkak superkar olish orzusi sabab shunday qilgan. Ammo mashina yasalganidan bir yil o‘tgach, pulsizlik tufayli uni sotuvga qo‘ygan. Ferrari xodimlari F40 nusxasi sotilayotgani haqidagi e’lonni ko‘rib qolib, kompaniya erkakka qarshi sudga murojaat qildi. Hozirgi kunda Xose Sikeyraning bank hisobvaraqlari muzlatib qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12904 | Инструменты