Ukraina, ehtimol, 24–25 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidan so‘ng yangi harbiy yordam olmaydi. Mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga (NATO) taklif etilishi ehtimoli esa «nolga teng», deb yozadi Politico gazetasi o‘z manbalariga tayanib.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gaa shahrida o‘tadigan ikki kunlik sammitga borish maqsadga muvofiqligi borasida shubhalar bildirgan bo‘lsa-da, Politico xabariga ko‘ra, uning tashrifi baribir kutilmoqda. Nashrning yozishicha, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga umid qilmoqda.
Politico nashrining qayd etishicha, Yaqin Sharqdagi AQSh ishtirokidagi eskalatsiya NATO e’tiborini Ukrainadagi harbiy harakatlardan chalg‘itgan. Gazeta suhbatlashgan rasmiylarning aytishicha, hozirda NATO asosiy e’tiborni a’zolikdagi davlatlarning mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirishga qaratgan.
«Boshqa bir variant to‘liq istisno qilish bo‘lardi», — dedi Yevropalik rasmiylardan biri.
Politico manbasining ta’kidlashicha, bu NATO hamjamiyatining Ukraina bo‘yicha ko‘rsatgan yordami borasida yanada salbiy signal bo‘lardi. Litva milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi raisi Gedrimas Yeglinskas Ukrainaning alyansga taklif etilishi imkoniyatlarini «nolga teng» deb baholadi, biroq kelajakdagi istiqbollarni «yaxshi» deb atadi.
«Hozirgi asosiy maqsad – Ukraina a’zoligi muqarrarligini bildiruvchi formulirovkalarni o‘zgartirmasdan saqlab qolishdir», — dedi u.
17 iyun kuni Donald Tramp Kanada sammitidan (G7) rejalashtirilgan muddatdan bir kun oldin chiqib ketdi va Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha Oq uydagi yig‘ilish tufayli Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82712 | Инструменты