Huawei 1
Polsha Rossiyaning Krakovdagi bosh konsulxonasini yopib, diplomatlarni chiqarib yuboradi

Rossiya Federatsiyasining Krakovdagi bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini kamida 30 kundan so‘ng yakunlashi lozim. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xenrika Mossitskaya-Dendis ma’lum qildi.

“Poznandagi konsullik bilan bo‘lgani kabi, Rossiya tomoniga diplomatik muassasani yopish uchun odatda kamida 30 kunlik muddat beriladi”, deb aytdi diplomat TVP Info telekanali jonli efirida o‘tkazilgan brifingda.

Shuningdek, Polsha TIV rahbari o‘rinbosari jurnalistning persona non grata deb e’lon qilinadigan konsullik xodimlari haqidagi savoliga javob bergan. 

“Bu qaror faqat diplomatlarga tegishli. Yordamchi va ma’muriy xodimlarga bu qaror taalluqli emas”, deya izoh berdi Mossitskaya-Dendis.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Krakovdagi bosh konsulxonasida 3 nafar diplomat va 4 nafar ma’muriy-texnik xodim akkreditatsiyadan o‘tgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51302 | Инструменты