Huawei 1
Pompeo Xitoyga qarshi koalitsiya tuzmoqchi

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Londonga bo`lgan tashrifi chog`ida Xitoy Kommunistik Partiyasi haqida tanqidiy fikrlar bildirdi va mamlakat rahbariyatining koronavirus pandemiyasiga munosabatini “kechirib bo`lmas xato” deb atadi. Shu bilan birga u Xitoyning Gonkong borasidagi siyosatini ham qoraladi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan suhbatda Pompeo G`arb va Xitoy o`rtasidagi ziddiyatlar haqida suhbatlashdi. O`z nutqida Pompeo erkinlik va demokratiyani anglaydigan har bir davlatni Xitoy xatariga qarshi turishga chaqirdi.

"Umid qilamanki, Xitoy xatariga qarshi tura oladigan koalitsiya tuza olamiz,'' dedi Pompeo.

Bir necha kun avval Xitoyning Buyuk Britaniyadagi elchisi Qirollikni ikki tomonlama munosabatlarni buzmaslikka chaqirgan. Agarda munosabatlar buzilsa, Buyuk Britaniya bunga javob berishga tayyor turishi kerakligini aytgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga