Huawei 1
Psaki: Amerikaliklar Afg’onistonda qolib ketmaydi

Oq Uy vakillari dushanba kuni Afg’onistonda qolib ketgan barcha amerikaliklar albatta vataniga qaytarilishini ma’lum qildilar.

Matbuot Kotibi Jen Psakining so’zlariga ko’ra, shu kungacha minglab fuqarolar evakuatsiya qilingan bo’lsa-da, ularning ba’zilari aeroport atrofidagi keskin vaziyat sabab uchib keta olmayapti. Tolibon jangarilari esa kuni kecha barcha fuqarolarga 31 avgustga qadar uchib ketish uchun muddat berdi. Agarda ular o’z vaqtida evakuatsiyani amalga oshirmasa, Tolibon ham begona askarlarga dushmanlik kayfiyatini namoyon etadi.

Dushanba kunining o’zida jami 28ta harbiy samolyot 10,400 nafar odamni evakuatsiya qildi.

"Biz barcha amerikaliklar bilan aloqani saqlab turibmiz. Kimda-kim uyga qaytishni istasa biz albatta ularni olib chiqamiz”, dedi Psaki.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты