Huawei 1
Putin Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi

24 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi muhim masalalarni, xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida davlat rahbarlari “qator xalqaro mavzularni” ham muhokama qilgan, biroq batafsil tafsilotlar ochiqlanmagan.

“23 oktyabr kuni Qozonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, ayniqsa savdo-iqtisodiy hamkorlik samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishda tegishli idoralar o‘rtasida aloqalar amalga oshiriladi”, deyiladi Kreml xabarida.

Bildirilishicha, suhbat yakunida Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya bilan savdo sohasida va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga intilayotganini ta’kidlagan. Turkiya Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘an mintaqadagi tanglikni bartaraf etish va tinchlik jarayonlariga hissa qo‘shish uchun o‘z mamlakati faol harakat qilayotganini qayd etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112518 | Инструменты