Huawei 1
Qirg‘iziston aholisi soni e’lon qilindi

Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi mamlakat aholisi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil boshidan buyon aholi soni 91,7 ming kishiga yoki 1,3 foizga oshgan. Oktyabr oyidagi ko‘rsatkich bo‘yicha aholi 7 million 254 ming kishini tashkil etmoqda. 

Yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 107,9 ming nafar chaqaloq va 24,2 ming nafar vafot etgan shaxslar ro‘yxatga olingan. Aholining tabiiy o‘sishi 83,7 ming kishini tashkil etgan.

Uning eng yuqori darajasi Botken, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich — Bishkek va Issiqko‘l viloyatida.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112520 | Инструменты