Huawei 1
Qozog‘iston nefti necha yilga yetishi aytildi

Deputat Edil Janbirshin Qozog‘iston Majlisining bugun bo‘lib o‘tgan hukumat soatida yaqin 15 yil ichida mamlakatning uglevodorod zaxiralari tugashi mumkinligini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, bugungi kunda davlatga qarashli uglevodorod xom ashyosi konlari soni 548 ta bo‘lib, umumiy neft zaxirasi 4,3 mlrd tonnani tashkil etadi.

"Uglevodorod xom ashyosining 72 foizi yirik Tengiz, Qashag‘an va Qarashig‘anaq konlariga to‘g‘ri keladi. 10-15 yilda bu uch yirik kondan gaz va neft olish hajmi kamayishi tayin. Bundan tashqari, kechki bosqichdagi konlarda neft va gaz olish kamaymoqda, ayrimlari to‘xtayapti... Agar geologiya-razvedka ishlari hozirgi sust holatida va neft qazib olish shu surʼatda qolsa, yaqin 15 yilda uglevodorod zaxiralari tugaydi", — dedi deputat.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112520 | Инструменты