Hindistonning eng mashhur diqqatga sazovor joyi bo'lgan "Toj Mahal" binosi atrofini qalin tutun qoplab oldi. Sayyohlar maqbara umuman ko‘rinmayotganidan nolishmoqda.
Tuman butun Agra shahrini qamrab olgan. Hozirgi vaqtda havo sifati indeksi 171 darajasida qayd etilgan bo'lib, u o'rtacha ifloslangan deb hisoblanadi. Lekin, Agra uchun bu ko'rsatkich juda yuqori hisoblanadi.
Ma'lum qilinishicha, havodagi tumanga Shimoliy Hindistonda guruch yig‘ib olingandan so‘ng, rasmiy taqiqga qaramay, 20 million tonnadan ortiq quruq guruch poyasining yonishi sabab bo‘lgan. Tutunlar pastroq mintaqada joylashgan Nyu-Dehlida to'plangan.
Poytaxtning ko‘plab hududlarida havo sifati indeksi 468 balldan oshdi, doimiy norma 0 dan 50 gacha bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat Hindiston poytaxtidagi barcha maktablarni 10-noyabrga qadar yopishga qaror qildi. Biroq, imtihonlari borligi sababli 10-12-sinf o'quvchilari o'qishni davom ettiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты