Qirg‘iziston parlamenti deputatlari ikkinchi va uchinchi o‘qishda davlat bayrog‘i dizaynini qisman o‘zgartirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Ular bayroqdagi nurlarni to‘lqinli emas, to‘g‘ri qilmoqchi. Izoh keltirilishicha, hozirgi to'lqinli nurlar tufayli mamlakat ramzi Qirg'iziston bilan bog'liq bo'lmagan kungaboqarga o'xshaydi.
Bayroqni o'zgartirish uchun 59 nafar deputat ovoz berdi, besh nafari qarshi chiqdi. Noyabr oyi oxirida parlament a'zolari tuzatishlarni birinchi o'qishda qabul qilgan edi. Davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan barcha turdagi rasmiy hujjatlar hozirgi ko‘rinish muddati tugagunga qadar amalda bo'ladi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bayroqni o‘zgartirish uning tashabbusi ekanini ma'lum qildi.
"Bungacha jamiyatda bayrog‘imizdagi ramz kungaboqar tasviriga o‘xshab ketadi va bu fonda mamlakat tiz cho‘kmaydi, degan faol fikr bor edi. Hattoki, yurtimizga tashrif buyurgan xorijliklar, ehtimol, Qirg'izistonda kungaboqar ko‘p o‘sadi, degan fikrga ham borgan”, — dedi Sadir Japarov.
Qirgʻiziston rasmiylariga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri nurlar bayroqdagi ramzni quyoshga oʻxshatadi.
Ma'lumot uchun, Qirg‘iziston bayrog‘i 1992-yil 3-martda tasdiqlangan. Undagi qizil rang mardlik va jasorat, quyosh - hayot abadiyligi, tinchlik va boylik timsoli, o‘tovlar tomi esa xonadon va mehmondo‘stlik ramzi hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10701 | Инструменты