Huawei 1
Qirg‘iziston prezidentining jiyaniga dabdabali unashtirish marosimi qilgan yigit tergov izolyatoriga joylashtirildi

Qirg‘iziston prezidenti jiyanining kuyovi tergov izolyatoriga joylashtirildi. Bu haqda Kaktus.media tahririyatiga huquq-tartibot idoralaridagi manbalar xabar berdi.

Rasmiy tasdiqlanishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, 5-iyul kuni politsiya xodimlari narkotik moddalarni (taxminan sintetik giyohvand moddalar) tarqatish va ishlab chiqarishda gumon qilib, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani Lazat Nurkoʻjoyevaning bo'lajak turmush o'rtog'i boʻlgan Aftandil Sabirbekovni qoʻlga oldi.

Gumonlanuvchi Sabirbekov Bishkek shahar politsiya boshqarmasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga olib ketildi. Tergov ishlari Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Bosh tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

9-iyul kuni tushdan keyin Pervomayskiy tuman sudi gumonlanuvchini hibsga olishga ruxsat berdi. Bu ishga bir necha kishi aloqadorligi ham oldindan ma'lum.

Eslatib oʻtamiz, 24-iyun oqshomida prezident Sadir Japarovning jiyani 23 yoshli Lazat Nurkoʻjayevaga vertolyotda noodatiy turmush qurish taklifi qilingan edi. Qizning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarida voqea aks etgan video va suratlarni joylashtirgan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi, foydalanuvchilar tadbirning haddan tashqari dabdabaliligidan g‘azablanishdi. Hatto prezident ham vaziyatga izoh berib, jiyani uchun uzr so‘radi.

Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bu maʼlumotga hozircha izoh bermagan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты