Huawei 1
Qirg‘izistonda erkak 20 yillik sinfdoshlar yig‘ilishiga borgan xotinini otib tashladi

Qirg‘izistonning O‘zgan shahrida sinfdoshlarining 20 yillik “yubiley”iga borgan ayol eri tomonidan o‘qotar qurol bilan otib o‘ldirildi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

O‘sh viloyati militsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 26 may kuni sodir bo‘lgan. Militsiyaga 1987 yilda tug‘ilgan ayol tanasidan olgan jarohati tufayli shifoxonaga yetib bormay vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, ayol 26 may kuni sinfdoshlari bilan maktab bitiruvining 20 yilligini nishonlash uchun o‘zi o‘qigan maktabiga borgan va uning eri ham ayolga ergashgan. Tantanali chiqish davomida ayol o‘z sinfdoshining qo‘lidan tutib chiqqani uchun erining jahli chiqqan va u ayolini otib o‘ldirishga qaror qilgan.

Mazkur holat rasmiy qaydga olingan va Ichki ishlar bo‘limiga yuborilgan. Tergovoldi tekshiruv ishlari boshlangan va sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. To‘plangan materiallar asosida Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 122-moddasi (qotillik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tezkor tergov harakatlari boshlangan.

Tezkor qidiruv ishlari natijasida jinoyatda gumon qilinuvchi sifatida marhumaning eri, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ushlangan va vaqtincha qamoqqa olingan.

Militsiya voqea tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot bermagan. Gumondorning yaqinlari va advokati hozircha fikr bildirmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60104 | Инструменты