Huawei 1
Qirg‘izistonda yangi bosh vazir tayinlandi

Odilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tayinlovga oid tegishli farmonni imzoladi.

Qayd etilishicha, Qosimaliyev nomzodi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan tasdiqlangan. Qosimaliyev deputatlarga o‘zidan oldingi bosh vazir Oqilbek Japarov dasturini amalga oshirishni davom ettirishga va’da bergan.

Tayinlovga qadar Qosimaliyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2015 yildan 2018 yilgacha esa mamlakat Moliya vazirligini boshqargan.

16 dekabr kuni Oqilbek Japarov Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi va prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning so'zlariga ko'ra, sobiq bosh vazir «biror narsaga aloqasi borligi uchun ketgan, shunchaki ketmagan».

Eslatib o‘tamiz, 6 dekabr kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Davlat soliq xizmati raisi Oltinbek Abduvapov va uning o‘rinbosari Islombek Qidirg‘ichevni qo‘lga olgan edi. Ular korrupsiya sxemalariga aloqadorlikda va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121820 | Инструменты