Qirg’izistonning sobiq prezidenti 11 yil  va 2 oy qamoq jazosiga mahkum etildi

Qirg’izistonning sobiq prezidenti Atambayev korrupsiya ishi bo’yicha 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqida seshanba kuni ma’lum bo’ldi.

Atambayev mamlakatni 2011 yilning 1 dekabridan 2017 yilning 24 noyabrigacha boshqargan. 2019 yilning yoz faslida siyosatchi lavozimidan maxrum bo'lgan edi. Uni qo’lga olish jarayoni ikki kunlik to’qnashuvlar va norozilik namoyishlari fonida o’tgan. Keskin vaziyat oqibatida bir kishi halok bo’lgan, 85 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan.

Korrupsiyadan tashqari Atambayevga nisbatan Milliy xavfsizlik qo’mitasining vakilini o’ldirish bo’yicha ham ayblov qo’yilmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты