Qirg'iziston chang'i turizmiga 20 milliard dollar investitsiya kiritmoqchi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash jamg'armasi xabar berdi.
Qirg'iziston chang'i turizmini rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi, mamlakat hududining 90 foizdan ortig'ini tog'lar egallashi, bu zamonaviy chang'i kurortlarini yaratish uchun noyob sharoitga ega ekanligi takidlandi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, tog' - chang'i sanoatiga investitsiyalar kamida 20 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu, o'z navbatida, minglab ish o'rinlarini yaratishga, byudjet daromadlarining o'sishini ta'minlashga va Qirg'izistonning mintaqadagi sayyohlik markazi sifatida mavqeini mustahkamlashga imkon beradi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning yozida "Qirg'iz Kurshevel" davlat korxonasini tashkil etish to'g'risida qaror imzolangan edi. U turizm sohasida klasterlik yondashuvi asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Loyiha Issiqko'l viloyatining Jirgalan, Oq-bulak va Boz-uchuk tog' cho'qqilarida umumiy uzunligi taxminan 200 kilometr bo'lgan tog' chang'i yo'llarini qurishni nazarda tutadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12213 | Инструменты