Huawei 2
Qirg'izistonda aholidan elektr energiyasini tejash so'ralmoqda

Qirg'iziston Respublikasida energetiklar Bishkek va Chuy viloyati aholisini elektr energiyasini tejashga chaqirmoqda.

Qayd etilishicha, energetiklar aholidan ayniqsa tarmoqdagi yuklanish eng yuqori bo'ladigan paytlarda energiyani tejab ishlatishni qat'iy so'ramoqda.

Ma'lum qilinishicha, 21-oktabr holatiga ko‘ra, Bishkek shahrida bir sutkada elektr energiyasi iste’moli 9,6 million kilovatt/soatga yetadi, rejalashtirilgan ko‘rsatkich esa 6,8 million kilovatt/soat. 

Chuy viloyatida reja bo‘yicha 7,06 million kVt elektr energiyasi iste’mol qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, amalda bu raqam 8,2 millionga yetdi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi va elektr qurilmalariga shikast yetkazmaslik maqsadida energetika mutaxassislari aholiga soat 7:00 dan 9:00 gacha va 19:00 dan 21:00 gacha elektr isitish moslamalarini yoqmaslikni tavsiya qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga