Huawei 1
Qirg'zistonning Issiqko‘l sohilida Asman ekoshahari qurilishi boshlandi

30-iyun, juma kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Issiqko‘l sohilida Asman ekoshahari qurilishini boshladi.

Davlat rahbari matbuot kotibi Erbol Sultonboyevning ma’lum qilishicha, tadbir respublika va hududiy telekanallar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ko'lning shimoliy qirg'og'ida kamida 500 ming aholiga ega innovatsion shahar joylashadi.

Rasmiylarga ko'ra, Asman Qirg'izistonning yangi iqtisodiy va sayyohlik markaziga aylanadi.

Avvalroq, bo‘lajak shaharning loyihaviy yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo guruh tuzilib, davlat direksiyasi tashkil etilgan edi.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Asman shahri loyihasini “besh yil ichida amalga oshishi rejalashtirilgan orzu” deb atadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты