Huawei 1
Qozog‘iston Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Qozog‘istonning Mangistau viloyati tarixiy voqeaga guvoh bo‘ldi – Navro‘z bayrami munosabati bilan Aqtauda minglab kishilar milliy liboslarda to‘planib, Ginnes rekordini yangiladi.

Bayram tadbirida 5,5 mingdan ortiq ishtirokchi – turli kasb egalari, qariyalar, yoshlar va chekka hududlardan kelgan mehmonlar qatnashdi. Ular milliy kiyimda maxsus tayyorlangan maydonda saf tortib, jahon rekordini o‘rnatishga erishdi. 

Buyuk Britaniyadan kelgan Ginnesning rekordlar kitobi vakillari jarayonni diqqat bilan kuzatib, natijalarni qayd etdilar. Uzoq tekshiruvlardan so‘ng barcha talablar bajarilgani tasdiqlandi va Qozog‘iston rasman rekord sohibi sifatida e’tirof etildi.

Bu tadbir milliy merosni targ‘ib qilish va qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32522 | Инструменты