Huawei 1
Qozog‘iston ham bojlar bo‘yicha AQSH bilan muzokara o‘tkazadi

Qozog‘iston delegatsiyasi import bojlari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun AQSHga boradi. Bu haqda Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirining o‘rinbosari Janel Kushukova  joriy yilning 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Senatdagi brifingda so‘z ochdi.

“Bunday maslahatlashuvlardan butun mamlakat manfaatdor. Biz ham shu yerdamiz. Hozirda bu masala hukumatda har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda, uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, degan vazir o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlar yaqin orada Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadi, ammo aniq sanasi hali nomaʼlumligicha qolmoqda. Ikki tomonlama uchrashuvlarning delegatsiya tarkibi ham oshkor qilinmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты