Huawei 1
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziriga sud hukmi o‘qildi

Ostona jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turg‘umbayevni besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

"Sud hukmi bilan Turg‘umboyev aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi", — deya aniqlik kiritdi.  Sudlanuvchi, shuningdek, 10 yilga muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilindi. 

Xabarda qayd etilishicha, Turg‘umboyevga nisbatan korrupsiya jinoyati alomatlari bo‘lmagani uchun uning jazosi shartli deb hisoblanadi. Sud mahkumning o‘z aybiga iqror bo‘lishi va chin dildan pushaymonligini inobatga olganini ta’kidladi.

Sobiq ichki ishlar vazirining Qozog‘istonda qo‘lga olingani aprel oyi oxirida ma’lum bo‘lgan edi. Turg‘umboyev 2022-yilning yanvar oyidagi ommaviy tartibsizliklar paytida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblangan va bu og‘ir oqibatlarga olib kelgan. Qozog‘istonda o‘sha davrda besh mingdan ortiq tartibsizlik ishtirokchisi qo‘lga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91010 | Инструменты